Gidrometrlarga viloyat oʼquv-amaliy seminari tashkil etildi
2022 yilning 22 iyun kuni Xorazm viloyati tuman irrigatsiya boʼlimlari hamda suv xoʼjaligi maxsus xizmati gidrometrlariga suv isteʼmolchilarida suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash boʼyicha tavsiyalar berish va malakasini oshirish yuzasidan viloyat oʼquv-amaliy seminari tashkil etildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi «Quyi boʼgʼinda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-145-son qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 apreldagi “Quyi boʼgʼinda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorlarda belgilangan vazifalarni amalda bajarilishini taʼminlash yuzasidan 2022 yilning 22 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) tomonidan Chapqirgʼoq Аmudaryo ITHB hamda Davlatlararo suv xoʼjaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning Ilmiy-axborot markazi mutaxassislarini xamkorlikga jalb qilgan holda Xorazm viloyati tuman irrigatsiya boʼlimlari hamda suv xoʼjaligi maxsus xizmati gidrometrlariga suv isteʼmolchilarining suv olish joylarida suvni boshqarish va hisobini yuritishda suv oʼlchash vositalari bilan jihozlash boʼyicha tavsiyalar berish va malakasini oshirish yuzasidan viloyat oʼquv-amaliy seminari tashkil etildi.
Dastlab Xonqa tumani, Namuna qishlogʼi hududida joylashgan “Otabek Garchak” fermer xoʼjaligining Madir-yop ichki xoʼjaliklararo kanalining suv olish qismida suv oʼlchash vositalari koʼrgazmali tarzda namoyish etildi.
Аmaliy mashgʼulotlarda Chapqirgʼoq Аmudaryo ITHB boshligʼi
1-oʼrinbosari D.Kamolov, Chapqirgʼoq Аmudaryo ITHB boshligʼining o'rinbosari M.Sobirov kirish soʼzi bilan ishtirok etdilar. Davlatlararo suv xo`jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning Ilmiy-axborot markazi bosh mutaxassisi, malakali gidrometr Rustam Maʼsumov seminar ishtirokchilariga Xorazm viloyati sharoitida suv isteʼmolchilarining suv olish joylarida suvni boshqarish va hisobini yuritishda suv oʼlchash vositalari turlarini tanlash, ularni qurish boʼyicha tavsiyalar berdi. SMITM kichik ilmiy xodimi I.Sultonov va muxandisi E.Sobirovlar dala sharoitida suv oʼlchash vositalarini raqamlashtirish, suv tezligini va satxini oʼlchash uchun yaratilgan aqlli suv uskunasi boʼyicha maʼlumot berdilar.
Shuningdek, amaliy mashgʼulotlarda Davlatlararo suv xo`jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning Ilmiy-axborot markazi direktor oʼrinbosari Sh.Kenjabaev, SMITM direktori O.Eshchanov hamda tuman irrigatsiya boʼlimlari va maxsus xizmat boʼlimlarining gidrometrlari savol-javoblar muhokamasida ishtirok etdilar.
Dala sharoitidagi amaliy koʼrgazmali seminardan soʼng Chapqirgʼoq Аmudaryo ITHB kichik majlislar zalida seminar ishtirokchilari uchun oʼquv seminari davom ettirildi.
Oʼquv seminarida dastlab Davlatlararo suv xo`jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning Ilmiy-axborot markazi bosh mutaxassisi Rustam Maʼsumov tomonidan mavzuga doir 3 ta taqdimot qilindi. Taqdimotdan keyin savol-javoblar tarzida muhokamalar davom etdi.
Shuningdek, muhokamalarda Chapqirgʼoq Аmudaryo ITHB boshlig'ining o’rinbosari M.Sobirov, Davlatlararo suv xo`jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning Ilmiy-axborot markazi direktor oʼrinbosari Sh.Kenjabaev, SMITM direktori O.Eshchanov va gidrometrlar oʼz fikrlarini bildirdilar.
Oʼquv seminarda Chapqirgʼoq Аmudaryo ITHB boshligʼi O.Toirov, Oʼzbekiston Respublikasi Suv xoʼjaligi vazirligi Suvni tejaydigan sugʼorish texnologiyalarini joriy etish boshqarmasidan T.Qayumov mavzu boʼyicha oʼz fikrlarini bildirdilar.