“Yashil Markaziy Osiyo: qurg‘oqchilikni prognozlash sari qadamlar” nomli seminar


2022-yilning 18-20-iyul kunlari Toshkent shahrida “Yashil Markaziy Osiyo: qurg‘oqchilikni prognozlash sari qadamlar” mavzusida Orol dengizi havzasida qishloq xo’jaligi monitoring instrumentini muhokama qilish maqsadida birinchi mintaqaviy seminari bo‘lib o‘tdi.

  

Seminar ishida “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi olimlari, Germaniyaning Martin Lyuter nomidagi Halle-Vittember universiteti vakillari, prof. Doktor Kristofer Konrad, doktor Muhammad Usmon, Mattias Völkel va assistant-talabalar, shuningdek, Federal Taʼlim va tadqiqot vazirligining CASIB (Barqaror innovatsiyalar boʻyicha Markaziy Osiyo byurosi) Olmaotadagi vakolatxonasi vakili doktor Piter Libelt, Podstdam Helmgoltz Markazi - Germaniya Geologiya tadqiqot markazi (GFZ) doktori Abror G'ofurov bilan birgalikda Markaziy Osiyo Suv xo’jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining Ilmiy-axborot markazi hamda Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

 


 

 2022 yil 14 iyuldagi “Yashil Markaziy Osiyo” Dasturi rahbari doctor Karolina Milov taklifiga asosan Markaz direktori O.Eshchanov mazkur seminarda ishtirok etdi.

Seminar ishini Germaniyaning Martin Lyuter nomidagi Halle-Vittember universiteti vakillari, prof. Doktor Kristofer Konrad olib bordi.  

 

“Yashil Markaziy Osiyo” loyihasi Markaziy Osiyodagi Orol dengizi havzasi uchun qurg‘oqchilikdan erta ogohlantirish tizimini yaratishga qaratilgan bo‘lib, u qurg‘oqchilik muammolarini tahlil qilishni optimallashtiradi va hukumat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etadi. Seminar davomida asosiy tushunchalar, dastlabki natijalar taqdim etildi va muhokama qilindi. Seminar ishtirokchilari monitoring instrumentini mintaqaning turli mamlakatlarida joriy etish haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

 

 

 


21-07-2022, 10:13
Ko'rishlar: 96
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”