Xonqa tumanida seminar tashkil etildi

2022 yil 13-iyul kuni Xonqa tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
 
277-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan seminar tashkil etildi

  

Xonqa tumani Nauxas qishlog‘i hududida “XORAZM TEX” MChJ Klasteri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-iyundagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 277 - sonli qarori topshiriqlari mazmun mohiyatini fermer xo‘jaliklari rahbarlari, Klaster ishchi-xodimlariga, tegishli Xonqa tumani tashkilot va idoralar mas’ullariga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

 

 

Qarorda mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish, bioxilma-xillikni asrab qolish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish asosida mintaqalarni barqaror rivojlantirishga erishish  maqsadida qator vazifalar belgilangan.

Xonqa tumani “XORAZM TEX” MChJ Klasteri hududida o‘tkazilgan mazkur seminarda  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi direktori O.Eshchanov mazkur qaror mazmun mohiyati to‘g‘risida seminar qatnashchilarini tanishtirdi, hamda sug‘orish va sho‘rlanishga qarshi kurashish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, Markaz direktori O.Eshchanov Xorazm 24 teleradiokompaniyasiga intervyu berdi.

 

 

 

 

 


13-07-2022, 10:16
Ko'rishlar: 101
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”