Buxoro viloyatida tomchilatib sug’orish texnologiyasini qo’llash bo'yicha o'quv amaliy seminar o'tkazildi

2022 yil 7 sentyabr kuni Buxoro viloyati G’ijduvon tumanidagi “Qahramon Nasimov dalasi” fermer xo’jaligi paxta maydonlarida tomchilatib sug’orish texnologiyasini qo’llash samaradorligiga bag’ishlangan o’quv amaliy seminar o’tkazildi 
 
 

O’quv amaliy seminarda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, viloyat va tumanlar sektorlari rahbarlari, tuman hokimlarining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, tajribali fermerlar, qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtiruvchi klaster tuzilmalari rahbar va agronomlari, dahldor tashkilot va idoralar vakillari qatnashdilar. Shuningdek, mazkur tadbirda Xorazm viloyati hokimi o’rinbosari K.Sobirov boshchiligidagi agroklasterlar rahbarlari, fermerlar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi direktori O.Eshchanovlardan iborat bir guruh xodimlar tajriba almashish maqsadida ishtirok etishdi. 

 

G’ijdivon tumanidagi ilg’or xorij uslubini o’zlashtirish maqsadida “Netafim” kompaniyasi tomonidan “Qahramon Nasimov dalasi” fermer xo’jaligida “aqlli” sug’orish texnologiyasiga doir ko’rgazma tashkillashtirilgani o’quv amaliy seminari qatnashchilari qiziqishiga sabab bo’ldi. Tadbirda paxta xom-ashyosi yetishtirish uchun sarflanadigan xarajatlarning oddiy va tomchilatib sug’orish usulidagi qiyosiy ko’rsatgichlari, mineral og’itlarni adtomatlashtirilgan tizim asosida berish tartiblari tushintirib berildi.   

Pozagari qishlog’idagi “Qahramon Nasimov dalasi” fermer xo’jaligi (rahbari Qahramon Nasimov) 2021 yil “Agrobank” viloyat filiali bilan hamkorlik qilib, uch yil muddatga 340 million so’m kredit mablag’ini olib, pahta etishtiriladigan 15 gektar ekilgan yerga tomchilatib sug’orish  texnologiyasini joriy etdi, hovuzlar tayyorlab, Niderlandiya texnologiyasini o’rnatib, maxsus grafik asosida g’o’za nihollari sug’orildi. “Buxoro-8” naviga mansub yetishtirilgan 15 gektar paxta dalasidan 65 sentner hosil olingan. 2022 yilgi mavsumda ham 2021 yilgi natijani takrorlash imkoniyati yaratilgan.       

Tajriba shuni ko’rsatyabdiki, g’o’zani vaqtida sug’orish, uning agrotexnikasiga qat’iy amal qilish mo’l hosil garovi. Parvarishda kechikilgan har bir kun yoki soat hosildorlik sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Tomchilatib sug’orishning afzalligi shundaki, suv to’g’rida-to’g’ri g’o’za niholi tomiriga borgani sabab 50 foiz azotli o’g’it kam ishlatiladi. Tomchilatib sug’oriladigan maydonlar kultivatsiya qilinmasligi bois bu tadbirlarga ketadigan mablag’ tejaladi.

“Netafim” kompaniyasi bosh agronomi Dubi Raz ta’kidlashicha 25 yil davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va natijadorligini oshirish bo’yicha ish olib borgan bo’lib, “Netafim” kompaniyasi texnologiyalari O’zbekistonning barcha hududlaridagi ekin maydonlarini yuqori samaradorlikka olib chiqish imkonini beradi. Tarmoqda innovatsion texnologiyalarni puxta o’zlashtirish va amaliyotda qo’llash bugungi davrning har bir fermeri uchun moddiy manfaatdorlikni oshirish, ishchi kuchi va boshqa resurslarni tejashning yagona yo’lidir. 

 

 


7-09-2022, 12:45
Ko'rishlar: 133
Sahifani chop etish
Suv hayotning asosi, uning qayta tiklanadigan resursidir. Uni shunday boshqarish kerakki, uning tabiat bilan munosabatlari doimiyligi saqlanib qolsin.
“Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo'lib, u davlat tomonidan qo'riqlanadi”