Innoweek - 2022 xalqaro innovatsion loyihalar haftaligi
2022 – yil 17-21-oktabr kunlari Toshkent shahrida Innovatsion faoliyat boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishhamda “InnoWeek.Uz-2022” xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi o’tkazildi
2022 yil 18 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida «InnoWeek.Uz-2022» Xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi o’tkazildi. Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov “Innoweek-2022” ko’rgazmasini ochib berdi. “InnoWeek.uz-2022” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligida 40 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq kompaniyalar, 40 ga yaqin xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Innovatsion haftalikda 150 dan ortiq loyihalar taqdimoti bo’lib o’tdi.
Ko’rgazma o’z ishini 17 – oktabr kunidan 21 - oktyabr kunigacha davom ettirdi.

![]() | ![]() |
2-rasm. SMITM “Gidrometriya” laboratoriyasi mudiri v.v.b. I. Sultonov va
“Suv xo’jaligida raqamli va innovatsion texnalogiyalar” loboratoriyasi muhandisi E. Sobirov Innoweek-
2022 ko’rgazmasida faol ishtirok etishdi


![]() | ![]() |
5-rasm. Viloyatlararo yosh innovatsion g’oya yetakchisi
unvonini topshirish va Innoweek-2022 tadbiri yopilish marosimi.