Joriy yilning 19-21-dekabr kunlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI) tomonidan “Qurilish mexanikasi, gidravlika va gidrotexnika” (CONMECHYDRO - 2024) Oltinchi xalqaro ilmiy konferensiya tashkil qilindi.
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
Ushbu konferensiya TIQXMMI boshchiligida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, PETER THE GREAT ST.PETERSBURG POLYTECHNIC UNIVERSITY (Rossiya), MOSCOW STATE UNIVERSITY OF CIVIL ENGINEERING NATIONAL RESEARCH UNIVERSITY (Rossiya) hamda WESTERN CASPIAN UNIVERSITY (Azarbayjon) kabi bir qator oliy oquv yurtlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Konferensiya doirasida fizika, qurilish materiallari, qurilishning ishonchliligi va xavfsizligi, qurilishda muhandislik va aqlli tizimlar, qurilish konstruksiyalarini modellashtirish va mexanika, boshqaruv sohasida nazariya va amaliyot masalalari bo‘yicha ochiq va mazmunli muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari qurilish, gidrotexnika va melioratsiya, mexanizatsiyalash, qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va qayta tiklanuvchi energiya, fan va texnikaning ushbu sohalarida mavjud muammolarni hal qilish boʻyicha yangi gʻoyalar va yondashuvlar taklif etildi.
Mazkur konferensiyada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) direktori Odilbek Eshchanov hamda markaz xodimlari Haydar Durdiyev va Hikmat Sadullayevlar zoom platformasi orqali ishtirok etib “The Impact of Fertigation Using a Drip Irrigation System Based on Soil Moisture Sensors on Cotton Yields in the Khorezm Region” nomli maqolaning taqdimoti uchun sertifikatni qo‘lga kiritdilar.

