O‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti tomonidan 2025-yil 28-mart kuni “Mintaqaviy xavfsizlik va suv resurslarini barqaror boshqarish: muammolar, yechimlar va hamkorlik imkoniyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbir xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya shaklida tashkil etilib, mintaqaviy xavfsizlik va suv resurslarini barqaror boshqarish bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularning yechimlari, xalqaro huquqiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, xalqaro suv huquqi va milliy suv huquqining rivojlanish tendensiyalari hamda sohaga oid ta’lim, fan va amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash kabi masalalarga bag‘ishlandi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i yu.f.d., professor M. Rustambayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi A. Tuychiyev, Belorus Respublikasi Harbiy akademiyasi Ichki qo‘shinlar fakulteti Yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, harbiy fanlar magistri O. Lemeshevskiy, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, biologiya fanlari nomzodi Z. Raxmanova, Qozog‘iston Respublikasi IIV Qarag‘anda Akademiyasi Umumiy yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Boltabasova, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi R. Toshev, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus-huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi professori G. Yuldasheva, Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi katta o‘qituvchisi
S. Rasbergenova ozlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Konferensiyada shuningdek Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM), Suv xo‘jaligida raqamli va innovatsion texnologilar laboratoriyasi mudiri H.Durdiyev “Markaz faoliyati to‘g‘risidagi” ma’ruzasi bilan ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi.
Tadbir yakunida barcha ma’ruzachilar sertifikat bilan taqdirlandilar.






