O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (SMITM) faoliyatining asosiy yo’nalishlari va maqsadlari
Markazning asosiy vazifalari:
Xorazm viloyati suv xo‘jaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari bo‘yicha muammolarni aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
Suv xo‘jaligini rivojlantirish, suv xo‘jaligi obyektlarini xavfsiz va ishonchli ishlatish, suv resurlarini hisobga olish, ularni oqilona boshqarish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respulikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan suv xo‘jaligi obyektlari, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish;
Ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish, grantlar asosida tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-texnik yutuqlarni chop etish va targ‘ib qilish;
Markazning ilmiy salohiyatini oshirib borish, laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlash, bino va inshootlarni texnik soz holda saqlash hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash.
Markazning asosiy funksiyalari:
1) Xorazm viloyati suv xo‘jaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari bo‘yicha muammolarni aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha:
Xorazm viloyatining suv xo‘jaligi tizimi, suv va yer resurslari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va yangilab borish hamda suv xo‘jaligi rivojlantirish, suvdan va yerdan foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlab borish;
suv xo‘jaligini rivojlantirish, suvdan va yerdan foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
Xorazm viloyati va tumanlar hokimliklari, suv xo‘jaligi tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari hamda manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni davriy ravishda muhokama qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
2) suv xo‘jaligini rivojlantirish, suv xo‘jaligi obyektarini xavfsiz va ishonchli ishlatish, suv resurlarini hisobga olish, ularni oqilona boshqarish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha:
Xorazm viloyatining tasdiqlangan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, uning tizimidagi suv tashkilotlari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari hamda manfaatdor boshqa idoralar va tashkilotlar bilan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarda faol ishtirok etish hamda tegishli grant shartnomalarini rasmiylashtirish;
ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa xo‘jalik faoliyati bo‘yicha Markazning mas’ul laboratoriyalari tomonidan shartnomaviy majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini zamonaviy asbob-uskunalar, xalqaro ilg‘or tajriba asosida amalga oshirishni ta’minlash, ularning ijro holati bo‘yicha tizimli monitoring olib borish va har chorak yakuni bilan muhokama qilib borish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida belgilangan muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
suv xo‘jaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarida ishtirok etish;
suv xo‘jaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha mintaqaviy muammolar va ularning yechimi bo‘yicha innovatsion takliflar va tavsiyalarni tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga kiritish;
3) Xorazm viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respulikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan suv xo‘jaligi obyektlari, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha:
ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar va takliflarning Xorazm viloyati va tumanlar hokimliklari, suv xo‘jaligi tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari hamda aloqador boshqa tashkilotlar rahbar-xodimlari va mutaxassislariga taqdimotlarini qilib borish hamda bildirilgan fikrlar bo‘yicha ularni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rish;
Xorazm viloyati suv xo‘jaligi tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari hamda aloqador boshqa tashkilotlar rahbar-xodimlari va mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirishda qatnashish, hamkorlikda ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilish;
ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va boshqa xo‘jalik shartnomalarini bajarish uchun ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash, mablag‘larning samaradoriligini oshirish yuzasidan har bir rahbar-xodimning mas’uliyatini oshirish va boshqa choralarni ko‘rish;
Markazning ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlab chiqarish faoliyati yuzasidan hisobotlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga hamda tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim qilib borish;
4) ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish, grantlar asosida tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-texnik yutuqlarni chop etish va targ‘ib qilish bo‘yicha:
soha bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, rahbar-xodimlarning malakasini oshirish, yosh olimlarni tayyorlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash;
ta’lim muassasalari talabalarining Markazda amaliyotini tashkil qilish, iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ularning bakalavr va magistrlik diplom ishlarini tayyorlashda ko‘maklashish;
soha bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan suv xo‘jaligini rivojlantirish, suvdan va yerdan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari bo‘yicha kompleks muammolarni hal qilishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
rivojlangan mamlakatlarning suv xo‘jaligi bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda muloqotlar olib borish hamda erishilgan natijalar asosida tegishli grant shartnomalari va kelishuvlarni rasmiylashtirish;
ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan suv xo‘jaligi sohasida erishilgan yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha seminarlar va konferensiyalar tashkil qilish;
ilmiy-texnik yutuqlarni tizimli ravishda chop etish va targ‘ib qilish;
Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg‘armasi va uning tarkibiy bo‘linmalari, Butunjahon suv Kengashi, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro komissiya, Suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha Islom davlatlararo tarmog‘i va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish;
5) Markazning ilmiy salohiyatini oshirib borish, laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlash, bino va inshootlarni texnik soz holda saqlash hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha:
Markaz ilmiy xodimlarining ish sharoitini yaxshilash, zamonaviy tashkiliy texnika bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi va boshqa mezonlardan kelib chiqib ularni rag‘batlantirib borish, ularning ta’lim va boshqa ilmiy-tadqiqiot muassasalarida, shuningdek, xorijiy tashkilotlarda malakasini oshirishni tashkil qilish;
Markaz laboratoriyalari moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob berishini tahlil qilib borish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlash hamda ilmiy xodimlar uchun qulay ish sharoitini yaratish;
Markaz bino va inshootlarini texnik soz holatda saqlash hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
Markaz laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlash, bino va inshootlarni o‘z vaqtida ta’mirlash-tiklash, rekonstruksiya qilish hamda yanada rivojlantirish yuzasidan asoslangan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilib borish;
Markaz qonunga zid bo‘lmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.